Tadbirda WAGE dasturining Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan tadqiqot natijalari taqdimoti o‘tkazildi.
Tashkilot tavsiyalari tadbirkor ayollar uchun qulay huquqiy muhit yaratish va ularning moliyalashtirish imkoniyatlari, biznes va IT ko‘nikmalarini rivojlantirish, gender zo‘ravonlikka barham berish kabi yo‘nalishlarni qamrab olgan.
WAGE dasturi O‘zbekistonda 2022 yil boshidan Britaniya menejment universiteti va ToshDYuU bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Tadbirda "SABR" Respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish markazi direktori Mavludaxon Shirinova o’z g’oya va takliflari bilan ishtirok etdi.