s a b r
  • Manzil
    O'zbekiston, Samarqand, Bahodirxon ko'chasi 2A uy
  • Ish vaqti
    9.00 dan 18.00 gacha [Shanba, Yak: Dam olish]
  • Manzil
    O'zbekiston, Samarqand, Bahodirxon ko'chasi 2A uy
  • Ish vaqti
    9.00 dan 18.00 gacha [Shanba, Yak: Dam olish]

Qozog‘iston va O‘zbekistonda qishloq turizmida tadbirkorlikni rivojlantirish va amalga oshirish orqali ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish (DIANA)

Qozog‘iston va O‘zbekistonda qishloq turizmida tadbirkorlikni rivojlantirish va amalga oshirish orqali ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish (DIANA)

Koordinator: Sh. Ualixonov nomidagi Kokshetau universiteti (KokDU).

Amalga oshirish muddati 
2025 yil 1 noyabr - 2028 yil 31 oktyabr (36 oy) 

Missiyaga moslik (DIANA uchun):
Ayollarning iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini ilgari surish va qishloq turizmida ayollar tadbirkorligini rivojlantirish: moliyaviy va axborot resurslaridan foydalanishni ta'minlash, hamkor universitetlar bilan birgalikda treninglar va malaka oshirishni tashkil etish hamda mahalliy manfaatdor tomonlar bilan hamkorlikni o'rnatish. Maqsad - ayol tadbirkorlarning raqobatbardoshligini oshirish va ularning DIANA ichidagi bozor munosabatlarida barqaror ishtirokini ta'minlash.

Aniq tadbirlar va muddatlar
1. Ayol tadbirkorlarni qishloq turizmi sohasidagi qo'shma jamoa loyihalariga jalb qilish; konsultatsiyalarda va mahalliy universitet tadbirlarida ishtirok etish.
2. Manfaatdor tomon sifatida, kurslarni ishlab chiqish jarayonida bozor ehtiyojlari va mahalliy hamjamiyat ustuvorliklarini aks ettirgan holda konsultativ ko'mak berish.
3. Loyiha haqida ma'lumot tarqatish; materiallar va muntazam xabarlar/nashrlarni tayyorlashda hissa qo'shish.


Kutilayotgan natijalar
Mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash: Qozog'iston va O'zbekistondagi hamkorlar o'rtasidagi amaliy hamkorlikni qo'shma treninglar, o'quv tashriflari va sinov tadbirlari orqali chuqurlashtirish.
Mobillik dasturlariga qo'shilish: Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyodagi hamkorlar bilan  treninglar, o'quv tashriflari va uchrashuvlarida ishtirok etish huquqi.
Asboblar va kontentdan foydalanish: SABRning o'z dasturlarida DIANA o'quv vositalari to'plamlari, kurs materiallari va   yaxshi amaliyot tajribalaridan foydalanish.

Tarmoq va tanilish: manfaatdor tomonlar tarmog'ini (universitetlar, munitsipalitetlar, turizmtashkilotlari, NNTlar) kengaytirish va loyiha haqidagi axborotlarni tarqatish orqali jamoatchilikda tanilishni oshirish.