s a b r
  • Manzil
    O'zbekiston, Samarqand, Bahodirxon ko'chasi 2A uy
  • Ish vaqti
    9.00 dan 18.00 gacha [Shanba, Yak: Dam olish]
  • Manzil
    O'zbekiston, Samarqand, Bahodirxon ko'chasi 2A uy
  • Ish vaqti
    9.00 dan 18.00 gacha [Shanba, Yak: Dam olish]

Ayollar shelterlarining V Xalqaro konferensiyasi (5WCWS)

Ayollar shelterlarining V Xalqaro konferensiyasi (5WCWS)

Ayollar shelterlarining V Xalqaro konferensiyasi (5WCWS)

2025-yil 15–17-sentabr kunlari Sidney shahrida (Avstraliya) Ayollar shelterlarining V Xalqaro konferensiyasi (5WCWS) bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida — “SABR” RIIRM (Respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish markazi) va “Taraqqiyot” RAQQRM (Respublika aholini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish markazi) vakillari ishtirok etdi.

5-Butunjahon konferensiyasining asosiy maqsadi — ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlik masalalari bo‘yicha o‘zaro o‘rganish va tajriba almashish uchun platforma yaratishdir. Ushbu almashinuvdan ko‘zlangan maqsad — butun dunyo bo‘ylab ayollar va ularning farzandlariga nisbatan zo‘ravonlikni bartaraf etishga qaratilgan tizimli yondashuvni ishlab chiqishga hissa qo‘shish, ayollarning xavfsizligi, mustaqilligi va imkoniyatlarini oshirishdan iborat.

Tadbirda 100 dan ortiq mamlakatdan 1000 dan ziyod delegat ishtirok etdi. Dunyoning turli nuqtalaridan kelgan ishtirokchilar va ma’ruzachilar gender zo‘ravonligiga chek qo‘yish bo‘yicha tajriba va yondashuvlari bilan o‘rtoqlashdilar. Har bir delegat va mintaqa vakili o‘zi uchun muhim bilimlar oldi: ishtirokchilar tadqiqot natijalari va amaliy tajriba almashish, shuningdek, profilaktika va erta aralashuvdan tortib, choralar ko‘rish va tiklanishgacha bo‘lgan barcha masalalarni qamrab oluvchi aloqa tarmoqlarini yaratish uchun yig‘ildilar.

Ishtirokchilar orasida zo‘ravonlik qurbonlari bilan bevosita ishlaydigan mutaxassislar — oilaviy va jinsiy zo‘ravonlikka qarshi kurashish xizmatlari xodimlari, huquq himoyachilari, sheltar xodimlari, maslahatchilar, ijtimoiy xodimlar, sog‘liqni saqlash va boshqa nodavlat tashkilotlar vakillari bor edi. Shuningdek, huquqshunoslar, olimlar, tadqiqotchilar, siyosatchilar, qonun chiqaruvchilar hamda jamoatchilik va korporatsiya yetakchilari ham qatnashdilar.

ICC Sydney’ning 11 ta zalida qamoqqa olish, odam savdosi, texnologiyalardan noto‘g‘ri foydalanish, o‘lim holatlarini tekshirish va boshqa ko‘plab mavzularga bag‘ishlangan taqdimotlar o‘tkazildi.

Tayvanning “GARDEN OF HOPE” jamg‘armasi hamda Osiyo ayollar sheltarlari tarmog‘i (ANWS) tomonidan tashkil etilgan “Avlodlararo birlik orqali ayollar harakatini mustahkamlash” mavzusidagi parallel tadbirda oltita tashkilot vakillari, jumladan “SABR” RIIRM va “TARAQQIYOT” NNT vakillari ma’ruza qildilar.

Taqdimotda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yildagi “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganidan keyin gender va oilaviy zo‘ravonlikka qarshi kurashish borasidagi erishilgan natijalar, shuningdek, “SABR” RIIRMning qishloq ayollarini ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash orqali ularning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish borasidagi tajribasi namoyish etildi.