Rigada Yevropa Tiklanish va Taraqqiet Bankining (YTTB) Yillik yig‘ilishi boshlandi: Markaziy Osiyo integratsiyasi, xotin-qizlar va fuqarolik jamiyatining roli haqida
RIGA, LATVIYa. 2026 yil 5 iyun kuni Riga shahrida Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining 35-chi yig‘ilishi va Biznes-forumining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli global moliyaviy sammit ishida O‘zbekiston delegatsiyasi, shu jumladan «SABR» Respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish markazi direktori Mavlyudaxon Shirinova ishtirok etmoqda. Bu yilgi bosh mavzu — «Beqarorlikdan moslanuvchanlikka: o‘zgarayotgan dunyoda iqtisodiyotlar innovatsiyasi» — kreativ iqtisodiyot va ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish uchun yangi strategik ufqlarni ochadi.
Sammitning rasmiy boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali ochilish marosimida Yevropa siyosati yetakchilari ishtirok etdi. Delegatlar va ishtirokchilarga qutlov so‘zi bilan Latviya Respublikasi Prezidenti Edgars Rinkevichs murojaat qilib, xalqaro moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash muhimligini ta’kidladi, shuningdek, Yevropa Komissiyasi Ijroiya vitse-raisi Valdis Dombrovskis Yevropa Ittifoqining barqaror rivojlanish va makroiqtisodiy moslanuvchanlik masalalari bo‘yicha pozitsiyasini taqdim etdi.
Markaziy Osiyo va Yevropa o‘rtasidagi yangi ko‘priklar: YTTB Prezidentining bayonoti
Birinchi kunning asosiy signali TIRB Prezidenti Odil Reno-Bassoning dasturiy nutqi bo‘ldi. O‘z ma’ruzasida u Bankning yangilangan kun tartibi doirasida Markaziy Osiyo mintaqasining strategik ahamiyatiga va uning Yevropa makoni bilan aloqalarini chuqurlashtirish zarurligiga alohida e’tibor qaratdi.
«Bugungi global arxitektura bizdan yangi, yanada moslanuvchan iqtisodiy yo‘laklarni yaratishni talab qilmoqda. YTTBning yangilangan strategiyasida Markaziy Osiyo va Yevropa o‘rtasidagi imkoniyatlarni kengaytirish va sheriklikni chuqurlashtirish eng muhim ustuvor yo‘nalishlardan biriga aylanmoqda. Bu mintaqa o‘sish uchun ulkan salohiyatni namoyish etmoqda va Bank bozorlarni bog‘laydigan, texnologik almashinuvni rag‘batlantiradigan, transport-logistika infratuzilmasini rivojlantiradigan hamda, eng muhimi, inklyuziv innovatsiyalar va xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlaydigan loyihalarni faol rag‘batlantirish niyatida». — Odil Reno-Basso, YTTB Prezidenti.
Fuqarolik jamiyati diqqat markazida: Innovatsiyalar va ijtimoiy buyurtma
Birinchi kunning eng muhim muloqot maydonchasi fuqarolik jamiyati institutlari (FJI) uchun tashkil etilgan birinchi yig‘ilish bo‘ldi. Ishtirokchilar davlat-xususiy va ijtimoiy sheriklik mexanizmlarini, shuningdek, iqtisodiy shoklarni yengib o‘tish va aholining zaif qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashda nodavlat sektorning rolini muhokama qildilar.
«SABR» RIIRM direktori Mavlyudaxon Shirinova dastlabki sessiyalar yakunlarini sharhlar ekan, shunday ta’kidladi:
«Yangi O‘zbekiston va bu yil o‘zining 30 yilligini nishonlayotgan "SABR" markazi uchun Yevropa Ittifoqi yetakchilari va davlat rahbarlari qatorida ushbu platformada ishtirok etish — fuqarolik jamiyati institutlari xam iqtisodiy islohotlarning to‘laqonli a’zolari ekanligining tasdig‘idir. Fuqarolik jamiyati institutlari uchun o‘tkazilgan yig‘ilishda biz aniq bir trendni ko‘rdik: xalqaro moliyaviy institutlar mahalliy NNTlarga tobora ko‘proq ishonch bildirmoqda.
YTTBning Prezidenti -Odil Reno-Basso xonim tomonidan yangragan Markaziy Osiyo va Yevropa bog‘liqligiga qaratilgan bugungi e’tibori biz uchun ulkan imkoniyatlarni ochadi. Ijtimoiy buyurtma modellarini joriy etish, mikrobiznesda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, raqamli savodxonlik va hunarmandchilikni rivojlantirish bo‘yicha tajribamiz — iqtisodiyotni moslanuvchan (versatile) qiladigan omillardir. Biz Rigaga transformatsiya va kreativ industriyalarni rivojlantirish bo‘yicha tayyor keyslarni olib keldik, ular inson kapitaliga va ayol yetakchilarga kiritilgan investitsiyalar eng barqaror uzoq muddatli samarani berishini isbotlaydi».
Birinchi kunning xalqaro konteksti
Sammitning faxriy mehmonlari qatorida bo‘lib o‘tgan munozaralarda Niderlandiya Qirolichasi Maksima Oliya hazratlari (BMT Bosh kotibining moliyaviy sog‘lomlik masalalari bo‘yicha Maxsus advokati) ham ishtirok etib, kichik biznes uchun zamonaviy moliyaviy vositalarning mavjudligi o‘ta muhim ahamiyatga ega ekanligini qayd etdi.
Riga shahrida Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Bankining Yillik yig‘ilishining ishi 6 va 7 iyun kunlari ham davom etadi. Yaqin kunlarda O‘zbekiston delegatsiyasi kreativ iqtisodiyot sektoriga investitsiyalarni jalb qilish va xotin-qizlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash dasturlarini kengaytirish masalalarini muhokama qilish uchun bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.
«SABR» RIIRM Matbuot xizmati
Elektron pochta: sabrcenter@gmail.com
Rasmiy veb-sayt: www.sabr.uz

