2022 yilning 11 may kuni Andijon viloyatining Izboskan tumanidagi Qishloq axborot-resurs markazida “COVID-19 pandemiyasidan jabr ko‘rgan qishloq ayollari va yoshlarining hayot sifatini yaxshilash maqsadida ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash” mavzusidagi Davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbati Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magida “COVID-19ning O‘zbekistonning qishloq joylaridagi himoyaga muhtoj ayollar va yoshlarga ta'sirini yumshatish hamda ularning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash uchun NNTlarning institusional va tashkiliy salohiyatini mustahkamlash” loyihasi doirasida tashkil etilgan bo’lib asosiy maqsadi loyiha doirasida Andijon va Samarqand viloyatlarida 12 oy mobaynida amalga oshirilgan kompleks chora-tadbirlar natijalarini namoyon etish, axborot almashish portalini yaratish masalalari muhokamasini ko‘tarish va tumanlardagi Qishloq axbrot-resurs markazlarida kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan va Yevropa Ittifoqi grantlari evaziga o‘zining mikro biznesini ochgan qisqa muddatli kurslar bitiruvchilarining ko‘rgazmali ishlarini ko‘rsatishdan iborat.