Manzil: Samarqand shahri, Yoshlar markazining anjumanlar zali
Vaqt: 28.10.2013
Davra suhbati tashkilotchilari: "SABR" ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish markazi, Samarqand viloyati Xotin-qizlar qo'mitasi, Xeyven Vulverxempton (Buyuk Britaniya).
Davra suhbatining asosiy maqsadi - fuqarolik jamiyatini rivojlantirish uchun O'zbekistonning davlat idoralari, huquqni muhofaza qilish idoralari va jamoat tashkilotlari o'rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish.
Ishtirokchilar: Samarqand viloyati va shahar xotin-qizlar qo'mitalari, ichki ishlar, adliya boshqarmalari, Samarqand viloyati prokuraturasi, jinoyat ishlari va fuqarolik ishlari sudlari sudyalari, Samarqand viloyati "Mahalla" xayriya jamoat fondi vakillari , NIMFOGO, shuningdek nodavlat tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari. Hammasi bo'lib 42 kishi ishtirok etdi.
Davra suhbati ishtirokchilari "Oilalarda ayollar va bolalarga qarshi jinoyatlar profilaktikasi va oldini olish, barkamol yosh avlodni tarbiyalash uchun sharoit yaratish bo'yicha davlat idoralari va jamoat tashkilotlarining muvofiqlashtirilgan ishi to'g'risida" memorandum imzoladilar.