Tashkilotchilar: Prokuratura va Xotin-qizlar qo'mitasi ko'magi bilan "Sabr" ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish markazi.
Ishtirokchilar: hokimiyat, huquqni muhofaza qilish idoralari, prokuratura, adliya, sog'liqni saqlash va xalq ta'limi, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari vakillari (jami 60 kishi).
Buyuk Britaniyadan tashrif buyurgan mehmonlar: Geynor Xoliz xonim Vulverxempton sudi katta maslahatchisi. Elvira Uilson - Haven Vulverxempton xalqaro loyiha menejeri. Nina Griffits - "Vulverxempton" ning moliyaviy menejeri.
Davra suhbatining asosiy maqsadi: Oilada ayollar va bolalarga nisbatan huquqbuzarliklarning oldini olish bo'yicha O'zbekiston huquqni muhofaza qilish idoralari va jamoat tashkilotlari bilan tajriba almashish.