2022 yilning 11 may kuni Andijon viloyatining Izboskan tumanidagi Qishloq axborot-resurs markazida “COVID-19 pandemiyasidan jabr ko‘rgan qishloq ayollari va yoshlarining hayot sifatini yaxshilash maqsadida ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash” mavzusidagi Davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbati Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magida “COVID-19ning O‘zbekistonning qishloq joylaridagi himoyaga muhtoj ayollar va yoshlarga ta'sirini yumshatish hamda ularning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash uchun NNTlarning institusional va tashkiliy salohiyatini mustahkamlash” loyihasi doirasida tashkil etilgan bo’lib asosiy maqsadi loyiha doirasida Andijon va Samarqand viloyatlarida 12 oy mobaynida amalga oshirilgan kompleks chora-tadbirlar natijalarini namoyon etish, axborot almashish portalini yaratish masalalari muhokamasini ko‘tarish va tumanlardagi Qishloq axbrot-resurs markazlarida kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan va Yevropa Ittifoqi grantlari evaziga o‘zining mikro biznesini ochgan qisqa muddatli kurslar bitiruvchilarining ko‘rgazmali ishlarini ko‘rsatishdan iborat.
2022-yil 15-aprel, Samarqand shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazida AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) O'zbekiston bo'ylab xotin-qizlar uchun bilim va ko'nikmalarni rivojlantirish, kasb-hunar o'rganishlari uchun qulay sharoitlarni yaratib berish maqsadida "SABR" Respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish markazi va 13 ta ijtimoiy yo'naltirilgan NNTlar bilan hamkorlikda kompleks dasturni ishga tushurdi
"SABR” Respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish markazining Samarqand viloyati Urgut tumanda tashkil etilgan Qishloq axborot-resurs markazi faoliyati haqida reportaj
Dunyoning 294 mamlakatidan 76 shaharni o‘z ichiga olgan YuNESKOning O‘rganuvchi shaharlar Global tarmog‘iga a'zo bo‘lish uchun Samarqand shahri ham ariza berdi va bu yo‘nalishda dunyoning boshqa a'zo shaharlari bilan tajriba almashishga tayyordir. Aynan shuning uchun ham festival' Samarqandda bo‘lib: "Ipak yo‘li" xalqaro turizm va madaniy meros universiteti binosida, hamda ishsiz aholiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha "Ishga marhamat" Monomarkazida (Kimyogarlar qo‘rg‘oni)da o‘tadi. Konferensiya, mahorat darslari, erkin muhokamalar, hunarmandchilik va fotoko‘rgazmalar tashkil etiladi.
2022 йил 11 май куни Андижон шаҳрида “COVID-19 пандемиясидан жабр кўрган қишлоқ аёллари ва ёшларининг ҳаёт сифатини яхшилаш мақсадида ижтимоий-иқтисодий қўллаб-қувватлаш” мавзусида иккинчи давра суҳбати ўтказилди. Тадбир Европа Иттифоқи томонидан молиялаштирилган “COVID-19 нинг Ўзбекистоннинг қишлоқ жойларидаги ҳимояга муҳтож аёллар ва ёшларга таъсирини юмшатиш ҳамда уларнинг ижтимоий-иқтисодий ҳолатини яхшилаш учун ННТларнинг институционал ва ташкилий салоҳиятини мустаҳкамлаш” лойиҳаси доирасида давра бўлиб ўтди.