«SABR» RIIRM tomonidan amalga oshirilayotgan, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi hukumati tashqi ishlar, Hamdo’stlik ishlari va rivojlanish vazirligi (FCDO) tomonidan moliyalashtirilgan “O‘rta osiyodagi Iqtisodiy rivojlanish uchun samarali boshqaruv” dasturi doirasida «Inklyuziv ufqlar: hamma uchun ta’lim va tadbirkorlik» loyihasi
Loyihaning asosiy maqsadi:
- kasbiy ko’nikmalar, tadbirkorlikka o’qitish va moliyaviy resurslardan foydalanish orqali kambag’al ayollar va imkoniyati cheklangan yoshlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish.
Loyihaning asosiy vazifalari:
- ko’nikmalarni rivojlantirish: bozor talablariga muvofiq kasbiy va ijtimoiy ko’nikmalarni o’rgatish, bu esa ayollar va yoshlarga yakka tartibdagi tadbirkor bo’lish yoki rasmiy ish bilan ta’minlanish imkonini beradi;
- moliyaviy mustaqillik: kichik biznes va daromad keltiruvchi faoliyatni ochish yoki kengaytirish uchun grantlar va mikroqarzlar berish;
- ijtimoiy huquq va imkoniyatlarni kengaytirish: benefiцииarlarga kamsitish va izolyaцииyani еngishga yordam berish uchun o’ziga ishonchni mustahkamlash, ishbilarmonlik ko’nikmalari va ijtimoiy tarmoqlarni rivojlantirish;
- farovonlikni yaxshilash: iqtisodiy farovonlikni oshirish, sog’liqni saqlash, ta’lim va umumiy hayot sifatini yaxshilash.