s a b r
  • Manzil
    O'zbekiston, Samarqand, Bahodirxon ko'chasi 2A uy
  • Ish vaqti
    9.00 dan 18.00 gacha [Shanba, Yak: Dam olish]
  • Manzil
    O'zbekiston, Samarqand, Bahodirxon ko'chasi 2A uy
  • Ish vaqti
    9.00 dan 18.00 gacha [Shanba, Yak: Dam olish]

«Raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali kattalarni o’qitish va ta’lim berish» loyiha Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi BMZ va DVV Internationalning O’zbekistondagi filiali tomonidan moliyalashtirilgan

«Raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali kattalarni o’qitish va ta’lim berish» loyiha Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi BMZ va DVV Internationalning O’zbekistondagi filiali tomonidan moliyalashtirilgan

Loyiha maqsadi:

Maqsadli guruhlarga sifatli xizmatlar ko’rsatish va raqamli ko’nikmalarni o’rgatish uchun ijtimoiy yo’naltirilgan NNTlarning tashkiliy va institutsional rivojlanishini yaxshilash.

Norasmiy ta’lim orqali ijtimoiy xizmatlarning eksperimental modelini ilgari surish va kambag’al qishloqdagi oilalaridan bo’lgan ayollar va yoshlarni ishga joylashtirishga ko’maklashish. Davlat hokimiyati organlari, biznes va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni rivojlantirish.

 

Loyiha vazifalari:

1. MG hayot sifatini yaxshilash uchun Raqamli texnologiyalarni joriy etish va yashil iqtisodiyotni targ’ib qilish bo’yicha bir qator treninglar o’tkazish.

2. Raqamli texnologiyalar va yashil iqtisodiyot, ijtimoiy-iqtisodiy tahlil va hamkor nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkiliy rivojlantirish bo’yicha «SABR» hamkorlari bo’lgan nodavlat notijorat tashkilotlari uchun TOT o’tkazish.

3. Ta’limni targ‘ib etuvchi shaharlar (TSh) bo’yicha davra suhbatini o’tkazish va manfaatdor tomonlar - davlat hokimiyati organlari, biznes tuzilmalari vakillari, ijtimoiy yo’naltirilgan hamkor tashkilotlar uchun ilg’or raqamli texnologiyalarga kattalar ta’limi strategiyasini ilgari surish platformasini yaratish.

Erishilgan natijalar:

Taxminan 100 kishi:

- hayot sifatini yaxshilash uchun raqamli texnologiyalarni joriy etish va yashil iqtisodiyotni ilgari surish bo’yicha bir qator treninglarda;

- «SABR»ning raqamli texnologiyalar va yashil iqtisodiyot, ijtimoiy-iqtisodiy tahlil va hamkor NNTlarni tashkiliy rivojlantirish bo’yicha hamkorlari bo’lgan NNTlar uchun TOTda;

- TSh va ijtimoiy yo’naltirilgan hamkor tashkilotlar uchun ilg’or raqamli texnologiyalarga o’rgatish strategiyasini ilgari surish platformasini yaratish bo’yicha vorkshop va davra suhbatida ishtirok etdi.