s a b r
  • Manzil
    O'zbekiston, Samarqand, Bahodirxon ko'chasi 2A uy
  • Ish vaqti
    9.00 dan 18.00 gacha [Shanba, Yak: Dam olish]
  • Manzil
    O'zbekiston, Samarqand, Bahodirxon ko'chasi 2A uy
  • Ish vaqti
    9.00 dan 18.00 gacha [Shanba, Yak: Dam olish]

«COVID -19ning O’zbekistonning qishloq joylaridagi himoyaga muhtoj ayollar va yoshlarga ta’sirini yumshatish hamda ularning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash uchun NNTlarning institusional va tashkiliy salohiyatini mustahkamlash» loyiha

Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan 

Loyihaning maqsadi:

Kam ta’minlangan, COVID-19 dan zarar ko’rgan ayollar va yoshlarning krizis holatidan chiqarishga - ularga kasbiy ko’nikmalar berish orqali kichik tadbirkorlik faoliyatini ochishi va bandligini ta’minlash uchun imkoniyatlar yaratish.

Loyiha O’zbekistonning qishloq tumanlarida mahalliy hokimiyat organlari, mahallalar ko’magida hamda NNTlar bilan ijtimoiy sheriklik hamkorligida COVID-19ning ta’sirini yumshatish, iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarini bartaraf etish hamda pandemiya ta’siriga uchragan ayollar va yoshlarning ehtiyojlarini qondirishga qaratildi.

Erishilgan natijalar:

Loyiha doirasida Andijon viloyatining Bo’ston va Izboskan tumanlari va Samarqand viloyatining Oqdaryo va Urgut  tumanlarida - 1185 nafar ayollar va yoshlar kasbiy ko’nikmalarga ega bo’ldilar va ulardan 443 nafari ish bilan ta’minlandi, 308 (loyiha bo’yicha 185ta)  nafar eng yaxshi biznes reja tuzgan xotin-qizlarga o’z tadbirkorligini boshlashlari uchun  grantlar ajratildi. Barcha ko’rsatilgan xizmatlar bo’yicha elektron axborotlar bazasi ilova qilindi.

Loyiha doirasida 834 nafar mahalla faollari hamda mahalliy xokimiyat vakillari uchun 12ta axborot uchrashuvlari va 12ta  (jamoatni safarbar etish) treninglari o’tkazildi. 2485 (loyiha bo’yicha 1300) nafar aholiga vrach, psixolog va huquqshunoslar tomonidan kompleks ijtimoiy xizmatlar ko’rsatildi.