O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi xuzuridagi Jamoat Fondi tomonidan moliyalashtirilgan. Ijtimoiy buyurtma «SABR» Respublika nodavlat notijorat tashkiloti va O’zR Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Jizzax («Qalb nuri»), Xorazm («Interbilim») viloyatlaridagi hamkorlari bilan amalga oshirildi.
Loyiha maqsadlari:
1.Xorazm va Jizzax viloyatlarining Bog’ot va Arnasoy tumanlarining uzoq joylashgan 20ta mahallalarida ayollari va yoshlari uchun kasbiy ko’nikmalarga o’rgatadigan Mobil Akseleraциon Kurslarni (MAK) tashkil etib ishsizlikni kamaytirish;
2.Loyiha doirasida Mahalliy Rivojlanish markazlari, «Ishga marxamat» monomarkazlari ustozlari va trenerlari uchun «master-klasslar, «trenerlar uchun treninglar» (TOT) tashkil etish.
3.Yangi O’zbekistonda xotin-qizlar tadbirkorligi va gender tenglikka erishish uchun amalga oshirilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy isloxotlarni xalqaro xamjamiyatga keng tadbiq kilish maqsadida «Yangi O’zbekiston: taraqqiyot uchun yangi imkoniyatlar va ijtimoiy sheriklik» deb nomlangan Xalqaro Forumni o’tkazish.
Erishilgan natijalar:
Loyihada belgilangan maqsad va natijalarga erishish buyicha belgilangan chora-tadbirlar (xarakatlar) rejasiga asosan - har bir viloyatda 775 nafar, ya’ni Qishloq axborot-resurs markazida 275 nafar xotin-qizlar va yoshlar, hamda 500 nafar Mobil akseleraциon kurslarda kasbiy ko’nikmalarga ega bo’lishlari ko’zda tutilgan edi. Jami - 1 550 nafar maqsadli guruh vakillari rejalashtirilgan edi.
Amalda Jizzax viloyati Arnasoy tuman va Xorazm viloyati Bog’ot tumanlarda rejadan ortiq xotin-qizlar va yoshlar jami - 1784 nafar kasb-xunarga ega bo’lgan tinglovchilar sertifikatlar bilan taqdirlandi.
Loyiha doirasida 2024 yilning 24-25 yanvar kunlari Londonda (Buyuk Britaniya) «Yangi O’zbekiston: taraqqiyot uchun yangi imkoniyatlar va ijtimoiy sheriklik» Xalqaro Forum o’tkazildi.
