Loyiha maqsadlari:
Birinchi navbatda, Fuqarolik Jamiyati tashkilotlari (FJT) Gender islohotlarini rag‘batlantiradigan hududlar/jamiyatlar (GIRH/J) va SEAGA yo’nalishlarida o’z salohiyatlarini oshiradilar hamda aralashuv choralari ishlab chiqish va aniqlash bo’yicha bilim va ko’nikmalarini, 6 ta pilot hududdagi mahalliy aholi, fuqarolik faollari va mahalliy hokimiyat vakillariga еtkazadilar. Shu tariqa, mahalliy hamjamiyatlar, ayniqsa ayollar, o’z ehtiyojlarini aniqlash va qondirish, shuningdek, GIRH/J yaratish uchun mahalliy hokimiyatni safarbar etish bo’yicha tashabbus ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Loyihaning asosiy vazifalari:
- mahalliy NNTlar, mahalliy hokimiyat organlari, mahalliy aholi va jamoat birlashmalari vakillarining salohiyatini oshirish;
- ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilash, gender tengligi, xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, inson huquqlari, shuningdek, o’z biznesini qanday boshlash va hayotni o’zgartiruvchi qarorlar qabul qilish to’g’risida xabardorlikni oshirish uchun MGning kasbiy ko’nikmalarini oshirish.