Loyihaning asosiy maqsadi:
- kattalarning norasmiy ta’limi orqali ijtimoiy xizmatlar ko’rsatishning eksperimental modelini yaratish hamda qishloq joylardagi kam ta’minlangan oilalaridan bo’lgan ayollar va yoshlarni ishga joylashtirishga ko’maklashish. Davlat hokimiyati organlari va ijtimoiy yo’naltirilgan jamoat tashkilotlari o’rtasida sheriklik aloqalarini rivojlantirish.
Loyiha doirasida belgilangan vazifalarni hal qilishga yordam beradigan bir qator tadbirlar o’tkazilgan bo’lib, xususan:
1. Norasmiy tarmoq salohiyatini oshirish (ichki jarayonlarni standartlashtirish bo’yicha treninglar\seminarlar, davra suhbatlari).
2. Samarqand shahrida "O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun kattalar ta’limi va o‘qishida o‘rganuvchi xududlar va innovatsiyalarni yaratish"mavzusidagi ikki kunlik festivalni o’tkazish.
