s a b r
  • Manzil
    O'zbekiston, Samarqand, Bahodirxon ko'chasi 2A uy
  • Ish vaqti
    9.00 dan 18.00 gacha [Shanba, Yak: Dam olish]
  • Manzil
    O'zbekiston, Samarqand, Bahodirxon ko'chasi 2A uy
  • Ish vaqti
    9.00 dan 18.00 gacha [Shanba, Yak: Dam olish]

DVV International (Germaniya Federativ Respublikasi) vakillari Samarqand shahriga tashrifi

DVV International (Germaniya Federativ Respublikasi) vakillari Samarqand shahriga tashrifi

2025-yil 11-aprel kuni DVV International (Germaniya Federativ Respublikasi) vakillari Samarqand shahriga tashrif buyurishdi Uwe Gartenschlaeger – DVV International (Germaniya kattalar ta’limi assotsiatsiyasi (DVV) xalqaro hamkorlik instituti) direktori, Arne Zielinski - Germaniya kattalar ta’limi assotsiatsiyasi (DVV) Kengashi a’zosi, Nuremberg kattalar ta’limi markazi direktori, Katinka Maria Bartl Germaniya kattalar ta'limi assotsiatsiyasi (DVV) direktori o'rinbosari (Germaniya) va Galina Veramejchyk Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy direktori. Tashrif davomida mehmonlar “SABR” RIIRM faoliyati bilan tanishtirildi va Samarqand shahridagi Kasbiy malaka oshirish markaziga (“Monomarkaz”) tashrif buyurishdi. Tashrifdan ko‘zlangan maqsad hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun asosiy hamkorlardan birining faoliyati bilan yaqindan tanishish edi. Uchrashuv norasmiy, do‘stona ruhda o‘tdi. O‘zbekiston va Samarqandda amalga oshirilayotgan yangi o‘zgarishlar, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, aholini ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash borasida yaratilgan shart-sharoitlar mehmonlarda katta zavq oldi. Qayd etish joizki, “SABR” Markzi 10 yildan ortiq vaqtdan beri DVV International O‘zbekistondagi hamkori bo‘lib, ushbu hamkorlik doirasida bir qancha qo‘shma loyihalar amalga oshirilgan. Ayni paytda Yevropa Ittifoqi va Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi (BMZ) hamkorligida “Fuqarolik jamiyati ishtiroki orqali jamiyatlarda gender transformatsiyasiga ko‘maklashish” qo‘shma loyihasi amalga oshirilmoqda.