O‘zbekistonda xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik holatlariga javob berish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan yangi tashabbus boshlandi. Tashabbus Ijtimoiy himoya milliy agentligi va BMT Aholishunoslik jamg‘armasi BMT Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) tomonidan Jahon bankining moliyaviy ko‘magida, “INSON” loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda. 2026 yil 14-18 sentyabr kunlari Toshkent shahrida zo‘ravonlik holatlariga javob berish bo‘yicha Trenerlar uchun trening (ToT) bo‘lib o‘tdi.
Unda psixologlar, yuristlar, ijtimoiy xodimlar hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi mutaxassislari, shu jumladan «SABR» RIIRM xodimlari ishtirok etishdi.
Trening doirasida ishtirokchilar zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga yordam ko‘rsatish, xavflarni baholash, xavfsizlikni ta’minlash va idoralararo hamkorlik bo‘yicha ko‘nikmalarini rivojlantirdi. Kelgusida tayyorlangan trenerlar O‘zbekistonning barcha 14 hududida mutaxassislar uchun treninglar o‘tkazadi. Tashabbus zo‘ravonlikni boshdan kechirgan xotin-qizlarga yanada muvofiqlashtirilgan, xavfsiz va sifatli yordam ko‘rsatish tizimini shakllantirishga xizmat qiladi.
