2026-yil 28-fevralda Yevropa Ittifoqi va Germaniyaning Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish federal Vazirligi (BMZ) tomonidan birgalikda moliyalashtirilgan ikki yillik «Fuqarolik jamiyati ishtiroki orqali hududlarda gender islohotlariga ko‘maklashish» loyihasi yakunlandi.
O‘zbekistondagi DVV Intreneshnl filiali tomonidan “SABR” Respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish markazi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan loyiha O‘zbekistondagi fuqarolik jamiyati tashkilotlarining salohiyatini mustahkamlashga, ularning inklyuziv va samarali demokratik boshqaruv va rivojlanishda mustaqil ishtirokchilar sifatida kengayishiga yordam berishga qaratilgan.
Loyihaning so‘nggi kunlarida erishilgan natijalarning dolzarbligi va ahamiyatini ta’kidlovchi videofilm tayyorlandi va milliy televideniyeda namoyish etildi.
Loyiha natijalari haqida videoni ko'rish uchun quyidagi havolaga o'ting:
https://drive.google.com/file/d/1p7Efwwr9wanAZcBLY_DoOA3066X3w9N9/view?usp=sharing
