s a b r
  • Manzil
    O'zbekiston, Samarqand, Bahodirxon ko'chasi 2A uy
  • Ish vaqti
    9.00 dan 18.00 gacha [Shanba, Yak: Dam olish]
  • Manzil
    O'zbekiston, Samarqand, Bahodirxon ko'chasi 2A uy
  • Ish vaqti
    9.00 dan 18.00 gacha [Shanba, Yak: Dam olish]

Ijtimoiy-iqtisodiy va gender tahlili tadqiqot natijalari bo'yicha tajriba almashish uchun Tarmoq yig'ilishi

Ijtimoiy-iqtisodiy va gender tahlili tadqiqot natijalari bo'yicha tajriba almashish uchun Tarmoq yig'ilishi

2024 yil 11-12 dekabr kunlari Samarqand shahrida “Fuqarolik jamiyati ishtiroki orqali hududlarda gender islohotlariga ko‘maklashish” (Evropa Ittifoqi va Germaniyaning Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish federal vazirligi (BMZ) moliyaviy ko‘magida amalga oshirilayotgan) loyihasi doirasida tajriba almashish bo‘yicha tarmoq uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu uchrashuv ijtimoiy-iqtisodiy va gender tahlili sohasida tajriba va xulosalar almashishga bag‘ishlandi.

Tadbirda ekspertlar, fuqarolik jamiyati vakillari, shu jumladan, O‘zbekiston viloyatlaridagi “SABR” RIIRMning Ijtimoiy Yo‘naltirilgan NNT hamkorlari, shuningdek, Tojikiston Respublikasi fuqarolik jamiyati vakillari ishtirok etishdi.

Uchrashuv maqsadi - ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilashga qaratilgan tajriba va tadqiqot natijalarini almashish, shuningdek, ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarda inklyuzivlik va tenglikni targ‘ib qilish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni mustahkamlash.

Tashkilotchilar: “SABR” Respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish markazi, DVV International O‘zbekistondagi filiali.