s a b r
  • Manzil
    O'zbekiston, Samarqand, Bahodirxon ko'chasi 2A uy
  • Ish vaqti
    9.00 dan 18.00 gacha [Shanba, Yak: Dam olish]
  • Manzil
    O'zbekiston, Samarqand, Bahodirxon ko'chasi 2A uy
  • Ish vaqti
    9.00 dan 18.00 gacha [Shanba, Yak: Dam olish]

Ta'lim oluvchi shaharlar va hududlar: Gamburg tajribasi

Ta'lim oluvchi shaharlar va hududlar: Gamburg tajribasi

2026-yil 13-18-sentyabr kunlari O‘zbekiston delegatsiyasi — YUNESCOning Global tarmoqlariga kiruvchi Toshkent, Samarqand, Nukus va Farg‘ona shaharlari vakillari Gamburg shahriga o‘quv safarini boshladilar. Delegatsiya tarkibida «SABR» Respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish markazi  direktori Shirinova M.R. ham ishtirok etdi.

Tashrifdan asosiy maqsad — Germaniyaning "Ta'lim oluvchi shaharlar" konsepsiyasini rivojlantirish va butun umr davomida ta’lim olishni ta’minlash bo‘yicha tajribasini o‘rganish.

Tashrif doirasida delegatsiya Gamburg universiteti, YUNЕSKOning Umr davomida ta’lim olish instituti (UIL), kattalar ta’limi markazlari, kasbiy tayyorgarlik va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tashkilotlari, shuningdek, shahar munitsipal tuzilmalari faoliyati bilan tanishdi.

Alohida e’tibor quyidagi yo‘nalishlarga qaratildi:

* umr davomida ta’lim olishni rivojlantirish;

* kattalarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

* ehtiyojmand guruhlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni mehnat bozoriga integratsiya qilish;

* davlat xizmatchilarining raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish;

* ta’lim muassasalari va mahalliy boshqaruv organlari o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish;

* fuqarolarni barqaror rivojlanish tashabbuslariga jalb etish.

Uchrashuvlar davomida Toshkent, Samarqand, Nukus va Farg‘ona vakillari o‘z hududlarida ta’lim muhitini rivojlantirish bo‘yicha tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar va kelgusidagi hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Asosiy xulosa: o‘rganuvchi shahar — bu faqat ta’lim muassasalari majmui emas, balki har bir inson uchun butun umri davomida ta’lim olish, kasbiy rivojlanish va jamiyat hayotida faol ishtirok etish imkoniyatlarini yaratadigan yagona shahar muhitidir.

O‘rganamiz, tajriba almashamiz, birgalikda yechimlar yaratamiz!