s a b r
  • Manzil
    O'zbekiston, Samarqand, Bahodirxon ko'chasi 2A uy
  • Ish vaqti
    9.00 dan 18.00 gacha [Shanba, Yak: Dam olish]
  • Manzil
    O'zbekiston, Samarqand, Bahodirxon ko'chasi 2A uy
  • Ish vaqti
    9.00 dan 18.00 gacha [Shanba, Yak: Dam olish]

Sertifikat va grantlarni topshirish marosimi

Sertifikat va grantlarni topshirish marosimi

Navruz bayrami arafasida 2025 yil 14-17 mart kunlari Samarqand, Navoiy, Namangan viloyatlarida 47 nafar nogironligi bo‘lgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj bitiruvchilarga muvaffaqiyatli biznes – loyihalar mualiflariga egallagan kasb-hunarlari bo‘yicha o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun asbob uskuna va jihozlar ko‘rinishda startap grantlari topshirildi. Tadbirlar “Sabr” Respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish markazi tomonidan va Ijtimoiy himoya milliy agentligi, hamda Navoi viloyati “Imkoniyat” NNT, Namangan viloyati “Ayollar tadbirkorlik markazi” NNTlar hamkorligida amalga oshirilayotgan Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi tashqi ishlar, Hamdo‘stlik ishlari va rivojlanish vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan “Inklyuziv ufqlar: hamma uchun ta’lim va tadbirkorlik” loyihasi doirasida o‘tkazildi. Loyiha doirasida maqsadli xududlardagi Mahalliy rivojlanish markazlarda tashkil etilgan 128 soatli o‘quv kurslarda hamda 28 soatli biznes treninglarda 242 nafar imkoniyati cheklangan xotin-qizlar va yoshlar ta’lim dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan, tadbirkorlik bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan.