2025-yil 24-29-mart kunlari «Fuqarolik jamiyati ishtiroki orqali hududlarda gender islohotlariga ko‘maklashish» Yevropa Ittifoqi va Germaniyaning Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish federal vazirligi (BMZ) moliyaviy ko‘magida amalga oshirilayotgan loyihasi doirasida Andijon, Buxoro, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarining oltita loyiha joyida mahalliy hamjamiyatlarda ijtimoiy ahamiyatga molik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ikkita tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Kasb-hunar kurslari bitiruvchilarining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov doirasida ishtirokchilar o‘zlarining mikrobizneslarini yaratish va rivojlantirishga qaratilgan biznes g‘oyalarini taqdim etdilar. Tanlov g‘oliblari uchun zarur resurslarni moliyalashtirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholining zaif toifalarining iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlashda muhim qadam bo‘ldi.
“Ayollar huquqlarini kengaytirish va mahalliy hamjamiyatlarda faol ishtirok etish” tanlovida turli ijodiy ishlar, jumladan, rasmlar, muvaffaqiyat hikoyalari va plakatlar taqdim etildi. Ushbu ishlar ayollarning hayotning turli sohalaridagi roli va ularning ijtimoiy rivojlanishga qo‘shgan muhim hissalarini ta’kidladi. Tanlov g‘oliblari sovrinlar bilan taqdirlandilar.
Ushbu tadbirlar gender tengligini ta’minlash, fuqarolarni ijtimoiy me’yorlarni o‘zgartirish jarayoniga faol jalb qilish hamda yanada inklyuziv jamoalarni yaratishga qaratilgan ijtimoiy ahamiyatga ega tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashning muhimligini tasdiqladi.