s a b r
  • Manzil
    O'zbekiston, Samarqand, Bahodirxon ko'chasi 2A uy
  • Ish vaqti
    9.00 dan 18.00 gacha [Shanba, Yak: Dam olish]
  • Manzil
    O'zbekiston, Samarqand, Bahodirxon ko'chasi 2A uy
  • Ish vaqti
    9.00 dan 18.00 gacha [Shanba, Yak: Dam olish]

2022 yil 21 – 22 oktyabr' kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan "O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun kattalar ta'limi va o‘qishida o‘rganuvchi xududlar va innovasiyalarni yaratish" festivali

2022 yil 21 – 22 oktyabr' kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan

2022 yil 21 – 22 oktyabr' kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan "O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun kattalar ta'limi va o‘qishida o‘rganuvchi xududlar va innovasiyalarni yaratish" festivali

2022 yil 21 – 22 oktyabr' kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan "O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun kattalar ta'limi va o‘qishida o‘rganuvchi xududlar va innovasiyalarni yaratish" festivali joriy yilning iyun' oyida Marokashda (Marokash Qirolligi) bo‘lib o‘tgan yettinchi xalqaro konferensiya (CONFINTEA VII) qarorlarini amalga oshirishga yordam beradi. CONFINTEA VII ishtirokchilari, shu jumladan O‘zbekiston vakillari barcha mamlakatlarga kattalar ta'limi va o‘qishi imkoniyatlaridan hayot davomida ta'lim olish nuqtai nazaridan foydalanishga yordam beradigan, barcha uchun ijtimoiy jihatdan uyg‘un, to‘laqonli, inklyuziv va barqaror kelajakni yaratadigan “Kattalar ta'limi va o‘rganishining o‘zgartiruvchan kuchidan foydalanish” nomli Marokash harakat ramkalarini qabul qildilar, Samarqandda o‘tkaziladigan tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad - tajriba, bilim va g‘oyalar almashish uchun maydon yaratish, mamlakatda "o‘rganuvchi / ta'lim oluvchi jamiyat"ni shakllantirish uchun qo‘llash mumkin bo‘lgan turli strategiya va yondashuvlarni taqqoslash, bu avvalo "o‘rganuvchi hududlari" - viloyatlar, shaharlar, qishloqlar, mahallalar, tashkilotlarda ushbu innovasion mexanizmni yaratish.
 
Dunyoning 294 mamlakatidan 76 shaharni o‘z ichiga olgan YuNESKOning O‘rganuvchi shaharlar Global tarmog‘iga a'zo bo‘lish uchun Samarqand shahri ham ariza berdi va bu yo‘nalishda dunyoning boshqa a'zo shaharlari bilan tajriba almashishga tayyordir. Aynan shuning uchun ham festival' Samarqandda bo‘lib: "Ipak yo‘li" xalqaro turizm va madaniy meros universiteti binosida, hamda ishsiz aholiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha "Ishga marhamat" Monomarkazida (Kimyogarlar qo‘rg‘oni)da o‘tadi.  Konferensiya, mahorat darslari, erkin muhokamalar, hunarmandchilik va fotoko‘rgazmalar tashkil etiladi.
 
Festivaldan kutilayotgan natijalar:
 
Marokash harakat ramkalarini amalga oshirish uchun o‘rganuvchi hududlarini va strategiyalarini rivojlantirish sohasida tajriba, bilim va g‘oyalar almashinuvi;
Manfaatdor tomonlar, davlat va nodavlat tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash;
Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlarni yoritib berish.
Festivalga O‘zbekistondan, Germaniyadan, Qirg‘iziston va Tojikiston Respublikalaridan 160 nafar ishtirokchi, davlat boshqaruvi organlari, universitetlar, nodavlat ta'lim tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, biznes va boshqa manfaatdor tomonlar taklif etilgan.
 
Festival' tashkilotchilari: "SABR" Respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish markazi va O‘zbekistonda 2002 yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelayotgan DVVning O‘zbekistondagi filiali (DVV International). Tadbir hamkorlari: YuNESKOning Toshkentdagi vakolatxonasi, O‘zbekiston Respublikasi Gender tengligi bo‘yicha komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta'lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagimehnat bozori tadqiqotlari instituti, Samarqand viloyat hokimligi, "Ipak yo‘li" xalqaro turizm va madaniy meros universiteti.
 
Festival' natijalariga ko‘ra yakuniy hujjatni qabul qilish rejalashtirilgan.